Madriddagi «Real» vingeri Braim Diaz turk klubining e'tiboriga tushdi.
Turk jurnalisti va teleboshlovchisi Ertan Syuzgyunning xabarlariga ko'ra, 27 yoshli marokashlik futbolchini «Beshiktash» sotib olishga qiziqmoqda. Biroq, «Real» ning yuqori moliyaviy talablarining potentsial kelishuvni murakkablashtirishi mumkinligi aytilmoqda.
Joriy mavsumda Braim Diaz barcha musobaqalarda to'qqiz uchrashuvda maydonga tushdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Diazning «Real» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Transfermarkt portalining mutaxassislari uning narxini 35 million evroga baholamoqda.
