Madriddagi «Atletiko» futbolchisi Alejandro Baena klubda hujumchi Julian Alvarezning xulq-atvoridan norozi bo'lganliklarini tan oldi.
Ma'lumki, argentinalik futbolchi o'tgan yozda «Barselona»ga o'tishni rejalashtirgan edi, ammo «matrasniklar» rahbariyati uni sotishga rozi bo'lmagan. Jahon chempionatidagi bir o'yindan so'ng, hujumchi transfer oynasi yopilishidan oldin «Atletiko»ni tark etmoqchi ekanligini jamoatchilikka e'lon qildi, lekin bu orqali hech narsaga erisha olmadi – faqatgina o'z klubining muxlislarini g'azablantirdi.
«Men tushunaman, har qanday futbolchida «Barselona» yoki «Real»dan taklif kelganda shubhalar paydo bo'lishi mumkin, lekin Julianning o'sha vaziyatdagi xulqi bizga yoqmadi», – deydi Baena. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.
Oktyabr oxirida Alvarez «Atletiko» muxlislaridan uzr so'radi va xato qilganini tan oldi.
