«Barselona» jamoasining bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klubga Lionel Messining qaytishiga qarshi fikrda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
O‘tgan yillardagi kabi, ommaviy axborot vositalarida argentinalik futbolchining mavsum oralig‘ida MLSda qisqa muddatli ijaraga kelishi mumkinligi haqida faol muhokamalar olib borilmoqda. El Nacional nashrining xabariga ko‘ra, Flik bunday kelishuvga qat’iyan qarshi.
Nemis murabbiyining fikricha, 38 yoshli klub afsonasini qayta jamoaga jalb qilish hech qanday ijobiy natija bermaydi. Lionel Messi 2021 yilda «Barselona»ni tark etib, keyinchalik erkin agent sifatida «PSJ»ga o‘tgan.
U 2023 yildan beri AQShda faoliyat yuritmoqda. Yaqinda sakkiz marta «Oltin to‘p» sovrindori «Kamp Nou» stadioniga tashrif buyurdi, bu esa uning klubga qaytishi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi.
Shunga qaramay, bosh murabbiy Flik Messining qaytishi jamoa uchun foydasiz bo‘lishini ta’kidlamoqda.