Ispaniyada «Barselona» jamoasining qanot hujumchisi Rafinya holati haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 28 yoshli braziliyalik futbolchi tiklanish jarayonining yakuniy bosqichiga kirgan. Shu bilan birga, hozircha Rafinya shaxsiy dastur asosida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Oldinroq «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Rafinyaning navbatdagi o‘yinda, ya’ni 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Atletik»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkinligini aytgan edi. Rafinya oxirgi bor jamoasi safida 25 sentyabr kuni maydonga chiqqan.

Shundan so‘ng u Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida o‘tkazilgan to‘qqizta o‘yinda qatnasha olmadi. 2025/2026 mavsumida Rafinya yetti o‘yinda maydonga tushdi.

U ushbu o‘yinlarda uchta gol urdi va ikki golga uzatma berdi. Futbolchining tiklanishi jamoa uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning tez orada maydonga qaytishi kutilmoqda.