Real jamoasining hujumchisi Endrik yaqin orada jamoani tark etadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Yosh futbolchi ko‘proq maydonda o‘ynash imkoniyatiga muhtoj bo‘lib, olti oylik ijaraga Lyon klubiga yo‘l oladi. Globo Esporte nashrining xabar berishicha, Real va Lyon jamoalari allaqachon kelishuv ustida ish olib bormoqda.

Zarur hujjatlar 2025 yil oxirida imzolanishi kutilmoqda. 19 yoshli futbolchining atrofidagilar Fransiyada yashash masalasini hal qilmoqda.

Endrik 2025/2026 mavsumida faqat bir marta maydonga tushdi. Bu La Liga doirasidagi Valensiya bilan o‘yin bo‘lib, u oxirgi daqiqalarda zaxiradan maydonga chiqdi.

O‘yinda Real 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Transfermarkt sayti Endrikning narxini 35 million yevroga baholamoqda.