«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik seshanba kuni terma jamoalarga chaqirilmagan futbolchilar uchun ertalabki mashg‘ulotni o‘tkazdi. Ko‘plab futbolchilarning ketishi va jamoani oldinda kutayotgan zich jadvalni hisobga olib, Flik futbolchilarga besh kun dam olish berishga qaror qildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
«Barselona»dan terma jamoalarga Joan Garciya, Kubarsi, Pedri, Fermin Lopez, Yamal, Bernal, Kanselu, Gordon, de Yong, Livakovich, Rafinya va Abdelkarim jo‘nab ketishdi. Klubda jarohatlangan Bardgji, Olmo, Kunde, Espart va Rodri qolmoqda, shuningdek, terma jamoalarga chaqirilmaganlar: Kristensen, Shchesny, Balde, Martin, Jezus, Gavi, Erik Garcia, Adeyemi va Farinyas.
Juma kuni jarohatidan tiklanayotgan futbolchilar bazaga keladi. Shuningdek, individual ravishda ishlashni xohlagan futbolchilar ham bazaga tashrif buyurishlari mumkin. Dushanbiga qadar majburiy mashg‘ulotlar bo‘lmaydi.
