Madridning "Real" klubi va Vinisius Junior moliyaviy masalada kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Braziliyalik futbolchining talablarida o‘zgarish yo‘q – u jamoadagi hamkasbi Kilian Mbappe bilan bir xil maosh olishni xohlamoqda. Biroq, Transfer News Live manbasiga tayanib Sport nashri xabar berishicha, "Real" rahbariyati bu so‘rovni qondirish niyatida emas.
25 yoshli qanot himoyachining kelajagi hozircha noma’lum. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Vinisius haftasiga taxminan 400 ming yevro maosh oladi, Mbappe esa 600 ming yevro atrofida maosh olmoqda.
Braziliyalik futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, ammo hozircha tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olishgani yo‘q.
Vinisiusning yangi shartnomasi va maoshi bo‘yicha qarorlar yaqin kelajakda aniqlanishi kutilmoqda.