Vinger Lamin Yamal «Barselona» bilan mashg'ulotlarga qaytdi. Bu haqda Kataloniya klubining matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qildi.

Shuningdek, mashg'ulotlarga Dani Olmo, Pau Kubarsi va Pedri ham qo'shildi.

Ta'kidlash joizki, ko'plab futbolchilar jahon chempionatida ishtirok etgani uchun 2026/2027 yilgi mavsumga tayyorgarlikni kech boshlamoqda.

«Barselona» yangi mavsumdagi birinchi o'yinini 23-avgust, yakshanba kuni o‘tkazadi. Xans-Diter Flik jamoasi «Elche»ga qarshi safarda o‘ynaydi.