Madridning Real jamoasining bosh murabbiyi Jozef Mourinyo jamoa hujumchisi Viniysiys Juniorga bir nechta maslahatlar berdi.

EL MUNDO xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbatlardan birida Viniysiysdan kun tartibini o‘zgartirishni, ayniqsa, uyda tiklanish va dam olish jarayoniga e'tibor berishni so‘ragan. Braziliyalik futbolchi bir nechta murabbiylar yordamida ba'zi tafsilotlarni tuzatishi kerak, asosiy maqsad — eng yaxshi holatga qaytish.

Hozirgi mavsumda 26 yoshli Viniysiys barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.