«Barselona»ning qanot o‘yinchisi Runi Bardgji muvaffaqiyatli ravishda operatsiyadan o‘tdi. 20 yoshli futbolchiga jiddiy jarohat – tizzaning oldingi xoch bog‘ini yirtilishi sababli jarrohlik aralashuvi kerak bo‘ldi.
Operatsiya Barselonadagi shifoxonada klubning tibbiyot xizmati nazorati ostida o‘tkazildi. Bu haqda «ko‘k-qizil»larning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
«Barselona» Runi Bardgji tiklanish muddatini e'lon qilmagan, ammo futbolchi ko‘p vaqtni o‘tkazishi aniq. Matbuotda Bardgji taxminan olti-yetti oy ichida qaytishi mumkinligi haqida yozilgan. Biroq «xoch»dan keyingi tiklanish jarayoni ba'zida yanada ko‘proq vaqt olishi mumkin.
