«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone himoyachi Kristian Romeroni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelganini tan oldi. O'tgan yozda «matrasniklar» argentinlikni «Tottenxem»dan 33 million evro evaziga sotib oldi.
«Biz Romeroni ikki yil oldin olishni xohlagan edik, lekin, afsuski, kutishga to'g'ri keldi. U alohida o'yinchi. Uning obro'si, xarakteri va liderlik qobiliyatlari bor. Bu insonda bo'lishi kerak bo'lgan yoki bo'lmasligi kerak bo'lgan sifatlar», — deya Simeonenning so'zlarini keltiradi Atletico Universe.
«Atletiko» safida Romero barcha musobaqalarda jami etti o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi. Himoyachi o'zining birinchi va hozircha yagona golini La Liganing sakkizinchi turida «Alaves»ga qarshi o'yinda (2:1) kiritdi.
