Xulian Alvares «Barselona»ga o'tmoqchi, ammo «Atletiko» hujumchini kataloniyaliklarga sotishdan bosh tortmoqda. Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, chorshanba kuni mashg'ulotdan oldin Alvares jamoaning bosh murabbiyi Diego Simeone bilan suhbatlashdi.
Suhbat do'stona muhitda o'tdi. Alvares o'z pozitsiyasini murabbiyga yetkazdi, Simeone esa klubning qarorini qabul qilganini ta'kidladi va u murabbiy sifatida futbolchiga faqat sport jihatidan yordam bera olishini bildirdi. Diego kelgusi mavsumda Xulian ustida ishlashni rejalashtirmoqda.
2026/2027 mavsumidagi birinchi o'yinini «Atletiko» chorshanba, 19-avgustda o'tkazadi. Ushbu kunda Diego Simeone boshchiligidagi jamoa Malagani Ispaniya chempionatida qabul qiladi.
