20 yoshli «Barselona» qanot o'yinchisi Runi Bardgji tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Karlos Monfort xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, shved futbolchisi mashg'ulot davomida jarohatlangan. Shved maydonni jiddiy og'riq bilan tark etdi. Bardgjining tizzasidagi xochsimon bog'lamlari yirtilganligi haqida shubhalar mavjud. Agar tashxis tasdiqlansa, Lamine Yamalning o'rnini egallagan o'yinchi kamida olti oy davomida maydondan chetda qoladi.
«Barselona» o'yinchini o'tgan yozda sotib oldi. U «ko'k-qizil» jamoasi safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda qatnashib, ikki gol urdi va to'rt assist berdi.
Bardgji bilan Kataloniya klubi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilgacha davom etadi.
