«Real» Viniyus Juniorning to'rt o'yinlik Ispaniya chempionatidagi diskvalifikatsiyasi bilan rozi emas. Apellyatsiya rad etilgandan so'ng, madridlik klub yangi qadamni tanladi.
The Athletic jurnalisti Gilyermo Rayning xabar berishicha, «Real» diskvalifikatsiyani Ispaniya Sport Administrativ Sudida (TAD) bekor qilishga harakat qiladi.
Viniyus Junior «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda VAR aralashuvi natijasida qizil kartochka oldi. Braziliyalik futbolchi raqibining sochidan tortgani uchun maydondan chiqarildi. Ushbu qoidabuzarlik uchun Viniyus ikki o'yinlik diskvalifikatsiyaga, yana ikki o'yinlik diskvalifikatsiyaga esa kartochkadan keyin agressiv harakatlari uchun uchragan.
19 oktyabr, yakshanba kuni «Real» «Sevilya»ni qabul qiladi.
