«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik himoyachi Alejandro Balde haqida fikr bildirdi. 2026/2027 yilgi mavsumda Balde faqat bir marta maydonga tushdi – 12 daqiqa davomida.
- Siz Balde haqida nima deb o'ylaysiz va uni qanday kelajak kutmoqda?
- Bu uning uchun qiyin vaziyat, lekin u yaxshi mashq qilmoqda. Bizda Kanselu va Xavi [Espar] kabi o'yinchilar bor, ular ajoyib darajada o'ynamoqda. Albatta, Balde uchun bu ideal vaziyat emas, lekin u haqiqiy professional sifatida harakat qilmoqda. U o'ynashga tayyorligini ko'rsatmoqda, - dedi Flik jurnalistlarga.
Oldinroq matbuotda Alejandro Balde qishki transfer oynasida «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
