«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik markaziy hujumchi sifatida Dani O'lmo o'yinini baholadi.

- Biz yechimlarni topishimiz kerak, va aynan shu narsani Istanbulda amalga oshirdik. Dani - ajoyib o'yinchi. O'ylaymanki, u o'ziga xos o'yin sifatlariga va juda kuchli xarakterga ega. U har doim maksimal darajada o'zini ko'rsatadi. So'nggi olti oyda u juda katta o'sishga erishdi. Biz uning ko'p narsalarni bajara olishini va turli vazifalarni bajarishga qodir ekanligini bilamiz. U ushbu pozitsiyada o'ynay oladi. Fermin ham shunday. Dani hozirda gollar bilan muammolarga duch kelmoqda, lekin himoyada u butunlay o'yinga qo'shilgan. Fermin ham yaxshi, u o'ziga juda ishonchli. Bunday ikki futbolchiga ega bo'lish - bu ajoyib, - dedi Flik matbuot anjumanida.

«Barselona» «Galatasaray»ga qarshi o'yinda 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Kataloniyaliklar keyingi uchrashuvini 17-oktabrda «Betis»ga qarshi o'tkazadilar.