«Sevilya» shvedning «Sirius» klubi bilan 22 yoshli hujumchi Robbi Ure o'tishi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Shotlandiyalik futbolchi ispaniya klubiga 5 yillik shartnoma imzolaydi. Ure Shvetsiyada ajoyib mavsum o'tkazmoqda: hujumchi 20 o'yinda 20 gol urdi, uning jamoasi esa, asosan, o'zining yuz yillik tarixining ko'p qismini past ligalarda o'tkazgan bo'lsa-da, hozirda mamlakat chempionatining turnir jadvalida birinchi o'rinda turibdi.
Yaqin kunlarda, dushanba yoki seshanba kuni Ure Sevilyaga yetib borishi kutilmoqda, u yerda tibbiy ko'rikdan o'tadi va o'tish jarayonini yakunlaydi. Transfer summasi kamida 6,5 million evro bo'ladi. Bonuslar hisobga olinsa, bitim narxi 9,2 million evrogacha oshishi mumkin.
