«PSJ» yana bir qadam tashladi, «Barselona»ning hujumchisi Ferran Torresni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Parij klubi Kataloniyaga futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishilganini rasmiy ravishda ma'lum qildi, deb yozadi insayder Fabrizio Romano o'z sahifalarida. «PSJ» shuningdek, «Barselona»ga ispan futbolchisini transfer qilish bo'yicha rasmiy taklifni yaqin kunlarda yuborishini ma'lum qildi. Klub o'rtasidagi muzokaralar kelgusi kunlarda tezlashishi kutilmoqda.
Avvalroq transfer summasi taxminan 50 million evro bo'lishi haqida xabar berilgan edi.
Ferran 2022 yil yanvaridan buyon «Barselona»da o'ynaydi, u paytida Katalon klubi uni «Manchester Siti»dan sotib olgan.
