«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik, ketishi haqida mish-mishlar tarqalayotgan hujumchi Ferran Torresning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi «PSJ»ga o‘tishi mumkin, shuningdek, Londondagi «Arsenal» ham qiziqish bildirgan.

«Ferran? Hozirda men jamoaga e'tibor qaratyapman. Men ta'tilda bo‘lgan futbolchilarni hurmat qilaman. Ferran haqida hech narsa bilmayman, menga hech qanday ma'lumot yo'q», – deydi Flik BarcaTimesga bergan intervyusida.

Torres kelasi hafta ta'tildan so‘ng «ko‘k-qizillar» safiga qaytishi kutilmoqda. Jahon chempioni bo‘lgan futbolchining hozirgi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarida tugaydi.