Yarim himoyachi Rodri Ernandes «Betis»ga qarshi o'yin tugagach, fikrlarini bildirdi. Uning jamoasi La Ligada 9-turda 5:2 hisobida g'alaba qozondi.

«G'alabadan juda xursandman. Bu La Ligadagi eng qiyin safar o'yinlaridan biri. «Betis» hozir yaxshi shaklda va ajoyib o'yin o'tkazdi. Mening golimdan xursandman: bu bizga aynan o'sha paytda ishonch bag'ishladi, qiyin vaziyatda edik. Jamoa o'zining hujum salohiyatini namoyish etmoqda, lekin raqiblarga juda ko'p imkoniyatlar berayapmiz. Aynan shu ustida ishlashimiz kerak», - deya Rodrini iqtibos keltiradi Marca.

Shuningdek, futbolchi maydonning sifatidan ham noroziligini bildirdi.

«Odatda, men maydon holati haqida gapirmayman, lekin bugun o'ynash qiyin edi. Bu bizga to'pni yaxshi o'ynashga to'sqinlik qildi. O'zimizni oqlamoqchi emasman. Ba'zi paytlarda o'yinni yaxshiroq nazorat qila olardik, lekin haqiqatdan ham, maydon juda yomon holatda edi».

«Barselona» turnirda 27 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. «Betis» 19 ochko bilan uchinchi o'rinda turibdi.