«Barselona» jamoasining bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Lamina Yamal haqida fikr bildirdi. U «Betis»ga qarshi o‘yinda eng yaxshi futbolchi deb topildi. Katalonlar safarda 5:2 hisobida g‘alaba qozondilar.

«Laminaning hisobni ochgan goli ajoyib edi. Hozirgi paytda, menimcha, Yamal – dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Uning o‘yini meni juda xursand qiladi. U ajoyib kayfiyatda, va 100% tayyor bo‘lganda, uning o‘yinga qo‘shadigan hissasi ajoyib bo‘ladi.

Laminani almashtirish? To‘qnashuv va qizil kartochka holatidan so‘ng, men Yamalni almashtirish kerak deb o‘yladim – bu aniq edi. U fantastik o‘yin o‘tkazdi», - dedi Flik matbuot anjumanida.

Kelasi hafta «Barselona» ikki muhim o‘yinda qatnashadi – «PSJ»ga qarshi (Chempionlar ligasi) va «Real»ga qarshi (Ispaniya chempionati).