«Betis»ning bosh murabbiyi Manuel Pellegrini «Barselona»ga 2:5 hisobida mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi. Chili mutaxassisi sudyaga nisbatan norozilik bildirdi.

«Bizning golimizning bekor qilinishi? Ha, qo'l bilan o'ynash holati bo'ldi. Lekin bu goldan 30 soniya oldin sodir bo'ldi. Agar Jera Martin o'yinchimizni orqasidan itarib qo'ymasdi — qo'l bilan o'ynash holati bo'lmasdi. Sudyaning ishlari — bu oddiy ayanch. U futbolni tushunmaydi.

Qizil kartochka bizni butunlay yo'q qildi. Ha, ehtimol, o'yinchimizning harakatlari agressiv edi, lekin Lamin Yamal o'zini provokatsiya qildi. Bu provokatsiyaga javob edi. Sudya ikkala o'yinchiga ham sariq kartochka ko'rsatishi va o'yinni davom ettirishi kerak edi. «Barselona»ning gollaridan birida esa faul qayd etilmadi. Keyinroq qarab ko'ring», - deya aytgan Pellegrini matbuot anjumanida, deb yozadi The Touchline.

«Betis» hozirda La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda turibdi.