«Barselona» mehmonlikda «Betis»ni 5:2 hisobida mag'lub etdi va g'alabalar seriyasini davom ettirdi. O'tgan to'qqiz turda Ispaniya chempionatida kataloniyaliklar maksimal 27 ochko to'pladi.

Qiziq tomoni shundaki, tarixda faqat bitta jamoa La Ligada mavsumni to'qqiz g'alaba bilan boshlagan. Bu jamoa 1968/1969 yillarda «Real» edi. 58 yil o'tgach, «Barselona» ushbu yutuqni qayta takrorladi.

Natijalarga kelsak, «Barselona»ning to'qqizta boshlang'ich turda urgan 39 goli 1940/1941 yildan beri eng yaxshi natija hisoblanadi. O'sha paytda «Sevilya» to'qqiz turda 42 gol urgan edi.

Keyingi La Liga turida «Barselona» «Real»ni qabul qiladi. «El klasiko» 25-oktabr, yakshanba kuni o'tkaziladi.