«Betis» futbolchisi Fran Garciya Ispaniya chempionatidagi «Barselona»ga qarshi o'yin natijalari haqida fikr bildirdi. Mehmonlar 5:2 hisobida g'alaba qozondilar.
«Umidsizlik, g'azab, achinish… Bularning barchasi uchrashuv natijasi bilan bog'liq. Oldinga harakat qilishimiz kerak. Uch kundan keyin bizni katta o'yin kutmoqda. Biz yana o'z muxlislarimiz oldida o'ynaymiz va tezda qayta yuklanishimiz zarur», - deya qayd etdi Garciya Marca’ga.
«Biz bilamizki, «Barselona» raqibga jiddiy bosim o'tkazadi - to'p bilan ham, to'psiz ham. Biz bir-birimizga yordam berib, chiziqlarni saqlab, raqibga nisbatan son jihatidan ustunlikka ega bo'lishimiz yoki kamida tenglikni saqlashimiz kerak edi. Hatto qizil kartochka olgandan keyin ham jamoa parchalangan yo'q va kurashni davom ettirdi. Muxlislarimizga rahmat: ularning yordami bilan o'z maydonimizda kuchliroq bo'lishimiz kerak», - dedi u.
«Betis» La Ligada 19 ochko bilan uchinchi o'rinda turibdi. 21-oktabr kuni jamoani «Feyenoord»ga qarshi Chempionlar ligasi o'yini kutmoqda.
