«Barselona» Frenski de Yongning jarohati tufayli Mark Kasadoni sotishdan voz kechishi mumkin. Bu haqda AS xabar bermoqda
AS ma'lumotlariga ko'ra, gollandiyalik yarim himoyachi tizzasidagi jarohatidan so'ng qo'shimcha tibbiy tekshiruvdan o'tmoqda. Klubda de Yong to'rt oygacha faoliyatdan chetlatilishi mumkinligidan xavotirda.
Agar prognozlar tasdiqlansa, kataloniyaliklar Kasadoga bo'lgan rejalari ustida qayta ko'rib chiqishadi. Avvalroq «Barselona» o'z tarbiyalanuvchisi uchun takliflarni eshitishga tayyor edi va uning uchun 30 dan 40 million evrogacha mablag' olishni rejalashtirgan edi.
Qaror de Yongning tibbiy tekshiruvini tugatgandan so'ng qabul qilinadi, natijalari esa yaqin kunlarda kutilyapti.




