«Real» sobiq «Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernar Silvani erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Superdeporte ma'lumotlariga ko'ra, bepul transfer bo'lishiga qaramay, Madrid klubi portugaliyalik futbolchi uchun katta mablag' sarflashga majbur bo'ladi. «Suvli» 100 million yevro atrofida komissiya to'lovlari, soliqlar va futbolchining maoshini to'lashga tayyor bo'lishi kerak.
Bernar Silva 2017 yildan beri «Manchester Siti»da o'ynadi. U jami 460 ta o'yinda 76 gol urib, 77 assist berdi. Manchester klubida o'ynagan davrida portugaliyalik 20 ta kubokni qo'lga kiritdi.




