Ispaniyaning La Liga 12-turida Madridning «Atletiko» jamoasi o‘z uyida Kataloniyaning «Barselona» jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Matrasniklar» yarim himoyachisi Koke o‘yindan olingan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ushbu uchrashuvda bizga imkoniyatlarni amalga oshirish yetishmadi. Biz yaxshi birinchi yarmi o‘tkazdik, raqiblardan ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ammo katalonlar hujumning oxirgi bosqichida ko‘proq sabrli bo‘lishdi. Bizning o‘yinimizga nisbatan hech qanday shikoyatim yo‘q», - deydi jamoa kapitanining so‘zlarini AS xabar qilmoqda.
Mag‘lubiyatdan so‘ng, Diego Simeone boshqaruvidagi jamoa Ispaniya chempionatining reytingida uchinchi o‘ringa tushib ketdi. «Atletiko» Kataloniya «Barselona»sidan besh ochko ortda qolmoqda.
