«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes La Ligada gol urish musobaqasida o'zini ko'rmayapti.
Braziliyalik hujumchi Rafinya yakshanba kuni Madridning Atletiko jamoasiga qarshi o'yinda gol urishga muvaffaq bo'lolmadi, ammo Fermin o'zining ikki goli bilan «ko'k-qizillar»ga (2:1) qiyin g'alaba qozonishida yordam berdi.
«Men Rafinyani [gollar bo'yicha] quvib yetolmayman deb o'ylayman, chunki u ajoyib o'yinchi va albatta gol urishda davom etadi. Men shunchaki o'z hissamni qo'shishni va jamoaga yordam berishni xohlayman», – deydi Fermin, BarcaTimes tomonidan keltirilgan so'zlarida.
Lopes Ispaniya chempionatining gol uruvchilar reytingida oltinchi o'rinda turibdi – uning hisobida yetti gol bor. Rafinya esa 15 ta to'g'ri zarbasi bilan reytingni boshqaradi.
