12-turdagi markaziy o'yinda Ispaniya chempionati doirasida Kataloniyaning «Barselona» mehmon sifatida Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi o'ynadi. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

12 turda «ko'k-qizillar» raqiblar darvozasiga 48 ta gol urdi – bu o'rtacha har o'yinda to'rt gol demakdir. Kataloniyalik jamoa La Liga tarixida ikkinchi eng yaxshi natijani ko'rsatdi, deb xabar berdi Pedro Martin ijtimoiy tarmoqlarda. Rekord natija «Atletiko»ga tegishli bo'lib, 1930/1931-yilgi mavsumda 12 ta o'yinda 56 gol urgan.

«Barselona» 33 ball to'pladi va turnir jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda. «Ko'k-qizillar» eng yaqin ta'qibchisini uch ochko bilan ortda qoldirmoqda.