Yarim himoyachi «PSJ» Li Kan-In Ispaniyada faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Karlos Monfortning ma'lumotlariga ko‘ra, koreyalik futbolchini «Barselona» sotib olishga qiziqmoqda. Kataloniyaning sport direktori Deku allaqachon futbolchining agenti bilan muzokaralar olib borgan. Oldinroq Parij klubi yozda yarim himoyachini sotishga tayyor ekanligi haqida bir necha bor xabar berilgan edi.
Li Kan-In 2023 yilda «Barselona»ga «Malyorka»dan 22 million evro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Parij klubi safida barcha turnirlarda 39 o‘yinda maydonga tushib, to‘rt gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.




