Myunxenning «Bavariya» yarim himoyachisi Tom Bishof bolaligida kimni qahramoni sifatida ko‘rganligi haqida savolga javob berdi.

«Ehtimol, men dunyodagi har ikkinchi odam kabi javob beraman, — Messi. Chunki bolaligimdan to kattalikka qadar uning haqida har joyda eshitib keldim. U men uchun eng yaxshi o'yinchi», — dedi Bishof.

Messi — «Barselona» tarbiyalanuvchisi. U karerasining ko'p qismini aynan Kataloniya klubida o‘tkazdi. Hozirda 39 yoshli hujumchi amerikalik «Inter Mayami» jamoasida o‘ynamoqda.

Bishof avvalroq tan olgan, u bir kun Messiga qarshi o‘ynashni xohlaydi. Nemisning so‘zlariga ko‘ra, bu uning kichik orzusi, garchi u bu orzu amalga oshishiga ishonmasa ham.