Braziliyalik hujumchi Kayo Jorge hali ham Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqishida. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Germaniya gigantlari Braziliyaga scoutlarini yuborib, «Kruzeyro» hujumchisini diqqat bilan kuzatmoqda. Joriy mavsumda Jorge 19 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.
24 yoshli hujumchi «Kruzeyro» bilan 2030 yil dekabrigacha mehnat shartnomasi bilan bog'langan. O'ychining bozor qiymati 25 million evroga baholanmoqda.
Yevropada Kayo Turinning «Yuventus» va «Frozinoone» klublarida o'ynagan. Uning hisobida Braziliya terma jamoasi safida bitta o'yin mavjud.
