Dortmundning «Borussiya» klubining hujumchisi Samuele Inasiyo Italiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 18 yoshli hujumchiga «Inter» va «Yuventus» qiziqmoqda. Ikkala klub ham yozgi transfer oynasida o'yinchiga qiziqish bildirgan va uni diqqat markazida saqlamoqda.
Hozirgi mavsumda Inasiyo barcha musobaqalarda uchta o'yinda qatnashib, ikki gol urdi.
Hujumchining «Borussiya» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyunigacha davom etadi. Transfermarkt portalidagi mutaxassislar futbolchining narxini 15 million evro deb baholamoqda.
