«Bavariya» yarim himoyachisi Tom Bishof, bir kuni argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan o'ynashni xohlayotganini tan oldi.

«Kim bilan maydonda uchrashishni xohlayman? Men yana «PSJ» ga qarshi o'ynashni juda xohlayman. Umid qilamanki, keyingi safar g'alaba qozonamiz. Bundan tashqari, men Messi bilan o'ynashni juda xohlayman. Bu mening kichik orzularimdan biri, lekin buni amalga oshirish oson bo'lmaydi», — dedi Bishof matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, «Bavariya» o‘tgan yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida «PSJ» bilan uchrashib, umumiy hisobda 5:6 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

Hozirgi mavsumda 21 yoshli Bishof barcha musobaqalarda to'rtta o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.