«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usman Dembele o'tgan mavsum bo'yicha «Oltin to'p» uchun asosiy da'vogarlari haqida fikr bildirdi. Hozirda fransuz eng nufuzli individual mukofotning hozirgi egasidir.

«Mening eng yaxshi 3 ta? Kvaratskhelia, Garry Keyn, u juda yaxshi mavsum o'tkazdi va menimcha, Kilian Mbappe. Men? Yo'q, men hech qachon o'zimni kiritmayman. Ro'yxatda Maykl Olise ham bo'lishi mumkin, chunki u ajoyib mavsum o'tkazdi, Bundeliga eng yaxshi o'yinchi bo'ldi. Yamal, Ruys, Pacho — barchasi «Oltin to'p»ga da'vogarlik qilishi mumkin», — dedi Dembele France Football'ga bergan intervyusida.

Oltin to'p taqdirlash marosimi 26-oktabrga belgilangan. Tadbir Londonda o'tkaziladi.