29 yoshli nemis darvozaboni Aleksandr Nyubel – endi Istanbulning «Besiktash» jamoasida. «Qora qartallar»ning matbuot xizmati futbolchining transferi haqida rasmiy xabar berdi.

Oldinroq, Nyubel «Besiktash»ga uch yillik shartnoma asosida o‘tishi va «Bavariya» jamoasi uning uchun 6 million evro olishi haqida ma'lumotlar tarqalgandi, bu summa bonuslar bilan 11 million evrogacha oshishi mumkin.

Nyubel – «Paderborn»ning tarbiyalanuvchisi, 2015 yilda 18 yoshida «Shalke» jamoasiga o‘tdi va 2020 yilda «Bavariya»ga keldi. Biroq, u Myunxen jamoasida deyarli o‘ynamadi: 2021-2023 yillarda «Monako»da ijarada bo‘ldi, 2023-2026 yillarda esa «Shtutgart»da o‘ynab, hatto Chempionlar ligasida ham maydonga tushdi.

«Besiktash» so‘nggi besh yildan beri Turkiya chempioni bo‘lmadi.