«Vezerstadion»da, «Verder»ning uy o‘yinlari o‘tkaziladigan joyda, qurilish ishlari davomida tribunaning yuqori qismidan bir qismi qulab tushdi.

Voqea 8-iyul kuni kunduzi sodir bo‘ldi. Zararlangan qismda taxminan mingta tomoshabin o‘rni mavjud. Klub ma'lumotlariga ko‘ra, VIP zonasi rekonstruktsiyasi paytida tasodifan ko‘taruvchi ustun zararlangan, bu esa konstruktsiyaning qisman qulashiga olib kelgan.

«Verder»da aytishlaricha, voqea natijasida hech kim jabrlanmagan. Shuningdek, klubda boshqa tribuna qismlarining qulash xavfi yo‘qligini ta'kidladilar.

Arena operatori kompaniyasining bosh direktori Hans-Yorg Otto mutaxassislar zararni baholashayotganini va zararlangan qismni tiklash rejasini ishlab chiqayotganini ma'lum qildi.

Ta'mirlash muddatlari va xarajatlari hozircha ma'lum emas.