«Bavariya» Mikhael Olise bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor. Muzokaralar Garry Keyn bilan bo'lganidan ko'ra murakkabroq bo'lishi kutilmoqda. Myunxenliklar Olisening maoshini 14 million yevrodan 25 million yevrogacha oshirishni rejalashtirmoqda.
AS xabariga ko'ra, Olisening asosiy talabi shartnomaga sotib olish opsiyasini kiritishdir. 200 million yevro etarli summa bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Hozirda 24 yoshli Olisening shartnomasida sotib olish opsiyasi yo'q. Ushbu mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Bavariya» safida Mikhael Olise 114 ta o'yin o'tkazib, 50 ta gol urdi va 58 ta golli uzatma berdi.
