Myunxenning «Bavariya» klubi yaqin kelajakda yarim himoyachi Maykl Olishe bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Nemis klubi fransuzni Harri Keyn va Jamal Musiala bilan birga klubning eng yuqori maosh oluvchi o'yinchilaridan biriga aylantirishga tayyor. «Bavariya» Olishening shartnomasini 2032 yilgacha uzaytirmoqchi.

Shuni ta'kidlash joizki, o'z navbatida, o'yinchi va uning agenti Glen Tvenboa hali «Bavariya» bilan shartnoma uzaytirish masalasida tashabbus ko'rsatmagan.

24 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi Myunxen klubi bilan 2029 yilning iyunigacha amal qiladi. Olishe 2024/25 mavsumidan beri «Bavariya»da o'ynamoqda.

Hozirgi mavsumda Maykl jamoa safida barcha musobaqalarda yetti o'yin o'tkazdi va 8 gol urib, 4 golli uzatma berdi.