«Bavariya» «Barselona»ning himoyachisi Jul Kunderaga qiziqmoqda va u fransuz futbolchisini qishki transfer oynasida sotib olishga harakat qilishi mumkin.

Sport.es ma'lumotlariga ko'ra, Myunxen klubi avval himoyachi Kim Min Jeni taxminan 40 million evroga sotishni rejalashtirmoqda, shundan so'ng esa himoyani kuchaytirishga umid qilmoqda. 

Joriy mavsumning boshida Kunde har doim o'ng himoyachi sifatida asosiy tarkibda o'z o'rnini egallamayapti. Avvalroq xabar berilganidek, kataloniyaliklar fransuzni 50 million evrodan ko'proq narxda sotishga tayyor.

Kunde «Barselona»da 2022 yilning yozidan beri o'ynaydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi va futbolchining bozor qiymati 60 million evroga baholanmoqda.