Gollandiya sobiq futbolchisi Rafael van der Vaart Myunxenning Bavariya klubiga Frenki de Yongni sotib olishni tavsiya etdi.

«Hammaga ma'lumki, bir kun kelib Yozua Kimmix o'zining eng yaxshi formasidan o'tib ketadi. Frenki «Bavariya»ni yanada kuchaytirishi mumkin», - deya fikr bildirdi van der Vaart The Touchline'ga.

De Yong 29 yoshda, uning «Barselona» bilan shartnomasi yana uch yilga mo'ljallangan. Hozirgi mavsumda markaziy yarim himoyachi maydonga tushmagan, chunki u tizzasidagi jarohatdan tiklanmoqda. De Yongning maydonga qaytishi kuz oxirlariga rejalashtirilgan.

Transfermarkt portaliga ko'ra, de Yongning narxi 35 million evroga teng.