Yarim himoyachi «Ayntraxt» Dan Uzun Italiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Bild ma'lumotlariga ko'ra, 20 yoshli futbolchini «Milan» sotib olishga qiziqmoqda. Germaniya klubi o'z yarim himoyachisi uchun takliflarni eshitishga tayyor. «Ayntraxt» Uzunni 45 million evroga sotishi mumkin.

Dan Uzun 2024 yilda «Nyuernberg»dan «Ayntraxt»ga 11 million evroga o'tdi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida yarim himoyachi germaniya klubida barcha musobaqalarda 28 o'yin o'tkazib, 10 gol urdi va 6 assist berdi. Transfermarkt portalida Uzunning narxi 45 million evroga baholangan.