Yarim himoyachi «Bavariya» Joau Palyinya yozgi transfer oynasida jamoasini tark etishi mumkin. Bunga jurnalist Massimo Pavan xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli portugaliyalik futbolchiga «Yuventus» va «Milan» qiziqmoqda. Turinliklar aynan tajribali yarim himoyachini qidirmoqda, «rossoneri» esa o‘yin maydonining markazini kuchaytirmoqchi.
Palyinya o'tgan mavsumda «Tottenxem»da ijarada o'ynadi. Ammo «shporlar» uni sotib olishdan bosh tortdi. Hujumchi barcha musobaqalarda 45 o'yinda ishtirok etib, yetti gol urdi va uchta golli pas berdi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari futbolchini 15 million evroga baholamoqda.




