Braziliyalik himoyachi Yan Kouto Dortmundning «Borussiya» klubidan italiyalik «Como» klubiga o'tishga yaqin. Bu haqda jurnalist Janluka di Marzio xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Seriya A klubi 24 yoshli futbolchini 20 million evro evaziga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Transferni rasmiylashtirish jarayoni oxirgi bosqichga yetdi.

O'tgan mavsumda nemis Bundesligasida Kouto Dortmund jamoasida 19 ta o'yin o'tkazdi. Himoyachi ikki gol urdi va ikki golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hisobida to'rt ta sariq kartochka bor.

«Como» Seriya A jadvalida to'rtinchi o'rinni egalladi.