«RB Leypsig» rahbariyatida bosh murabbiy Ole Vernerning ishdan bo'shatilishi sababli jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga keldi. sport.de ma'lumotlariga ko'ra, klubning sport direktori Marsel Shefer mutaxassisni ishdan bo'shatish qaroridan norozi bo'lib qolgan.
Shefer so'nggi oylarda Vernerning ishdan bo'shatilishiga qarshi ikki marta chiqish qilgan va murabbiyni ichki muhokamalarda qo'llab-quvvatlagan. Biroq, oxirgi qaror klub ichida emas, balki Red Bull global rahbariyati darajasida qabul qilingan.
Verner bilan aloqalarni uzishning asosiy tashabbuskori sifatida Red Bullning futbol yo'nalishi rahbari Yurgen Kloop ko'rsatilmoqda. Uning pozitsiyasi qarorning qabul qilinishida asosiy rol o'ynagan va shundan so'ng murabbiy va uning shtabi ishdan bo'shatilgan.
Shefer o'z lavozimini tark etishi mumkin, bu esa norozilik sifatida ko'rilishi mumkin.




