21 yoshli «Elversberg» qanot o'yinchisi Moris Krattenmaher Myunxenning «Bavariya» klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
«Bavariya» Krattenmaherni o‘tgan yozda «Elversberg»ga 2 million evroga sotgan. Biroq, manbaga ko‘ra, nemis gigantining shartnomasida 7,5 million evroga qaytarish opsiyasi mavjud bo‘lib, uni kelasi qishda faollashtirishni rejalashtirmoqda.
Krattenmaherning klub bilan shartnomasida 9 million evro miqdorida klausuya mavjudligi ta'kidlanmoqda. Ko‘plab jamoalar taraqqiy etayotgan o'yinchini sotib olishga harakat qilishi kutilmoqda, lekin «Bavariya» barchadan oldinda chiqib, uni arzon narxda qo‘lga kiritishi mumkin.
Ushbu mavsumda Krattenmaher Germaniya chempionatida to‘rt o‘yinda qatnashib, uchta gol urdi.
