Transfermarkt portalining mutaxassislari Germaniya chempionatida o'ynayotgan ba'zi futbolchilarning bozor qiymatlarini yangiladi. Yangi ma'lumotlarga ko'ra, eng arzon o'yinchi Myunxenning «Bavariya» klubining hujumchi yarim himoyachisi Jamal Musiya bo'lib, uning narxi 20 million yevroga tushib, endi 80 millionni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, Musiya chempionatning eng qimmat o'yinchilari uchligida qolmoqda. U ro'yxatda o'z jamoadoshlari – Maykl Olise va Aleksandr Pavlovichdan keyin uchinchi o'rinda turadi.
Joriy mavsumda nemis yarim himoyachisi «Bavariya» uchun to'rt uchrashuvda ikkita gol urdi va bitta assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi to'rt yil davom etadi.
