Portal Transfermarkt futbolchilarning bozor qiymati haqidagi ma'lumotlarni yangiladi. Natijada, «Bavariya» yarimhimoyachisi Maykl Olise Bundersligada yangi rekord o'rnatdi.
24 yoshli fransuzning narxi 10 million evroga oshib, endi 180 million evroni tashkil etmoqda. Olise o'zining 170 million evrodan iborat rekordini yangiladi, bu rekord jahon chempionatidan so'ng o'rnatilgan edi. Olisedan avval Bundersliga rekordiga Erling Holand ega bo'lib, uning narxi 150 million evro edi.
Hozirgi mavsumda Olise 9 ta gol urdi va 9 ta rasmiy o'yinda 5 ta golli uzatma berdi. «Bavariya» safida fransuz 8 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan ajralib turmoqda.
Olise «Oltin to'p» uchun 30 nafar da'vogar ro'yxatiga kiritilgan.
