Yarim himoyachi «Xoffenhaym» Natan de Kat, o'tgan yozda Dortmundning «Borusiyasi» va «Shtutgart»dan kelgan takliflardan nega voz kechgani haqida gapirib berdi.

18 yoshli belgiyalik futbolchi «Anderlext»dan 17 million evro va qo'shimcha bonuslar evaziga xarid qilingan.

«Yosh futbolchi uchun eng muhim narsa - maydonda ko'proq vaqt o'tkazish», - deydi futbolchi Bild nashriga.

«Menimcha, to'g'ri odamlarni va to'g'ri keyingi qadamni to'g'ri vaqtda tanlash kerak. «Xoffenhaym» men uchun eng yaxshi variant edi. Nega bir kun «Xoffenhaym» bilan Chempionlar ligasida o'ynamay?»

Hozirgi mavsumda de Kat «Xoffenhaym» uchun to'rtta rasmiy o'yin o'tkazdi.