«Bavariya» va Angliya terma jamoasining hujumchisi Garry Keyn «Oltin to'p» uchun ovoz berishdagi imkoniyati haqida fikr bildirdi.

Keynning aytishicha, bu yil marosimning Londonda o'tkazilishi uning uchun alohida ahamiyatga ega. 

«Angliyadan 20 yildan buyon «Oltin to'p» g'olibi chiqmagan, o'sha davrda ko'plab ajoyib ingliz futbolchilari bo'lgan. «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish men uchun katta yutuk bo'ladi, lekin hozirda men bu mavsumda o'z o'yinimni yana bir bor namoyish etishga e'tibor qaratyapman», — dedi Keyn «Bavariya» klubining jurnali bilan bo'lgan intervyusida.

Oltin to'p marosimi 26-oktyabrda o'tkaziladi. Mukofotga asosiy da'vogarlar Garry Keyn va Lamin Yamal hisoblanadi.